2025/2026-oʻquv yilida yangi tashkil etilgan maktablar

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan tayanch maktabining Buxoro, Xorazm, Fargʻona, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida tashkil etilgan filiallari to‘g‘risida

MA’LUMOT

2025/2026-oʻquv yilida:
Buxoro filiali
Oʻzbek tili sinflari boʻyicha 5-, 6-, 7-,8-, 9-sinflariga
Xorazm filiali
Oʻzbek tili sinflari boʻyicha 5-, 6-, 7-,8-, 9-, 10-sinflariga
Fargʻona filiali
Oʻzbek tili sinflari boʻyicha 5-, 6-, 7-,8-, 9-sinflariga
Jizzax  filiali
Oʻzbek tili sinflari boʻyicha 5-, 6-, 7-, 8-, 9-sinflariga
Sirdaryo filiali
Oʻzbek tili sinflari boʻyicha 5-, 6-, 7-, 8-, 9-sinflariga
Oʻquvchilar faqat aniq fanlar yoʻnalishi boʻyicha belgilangan kvota doirasida oʻqishga qabul qilinadi.

Mazkur maktablarda oʻqish istagida boʻlgan talabgorlar oʻzlari taʼlim oladigan maktabi joylashgan hudud boʻyicha joriy yilning 1-iyunidan 20-iyuniga qadar hujjatlarini faqat ONLAYN shaklda my.gov.uz hamda ariza.piima.uz saytlari orqali topshirishlari mumkin.

Toshkent shahrida joylashgan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan tayanch maktabiga esa barcha hududlardagi maktab oʻquvchilari hujjat topshirishlari mumkin.

Shunga koʻra, talabgor oʻquvchi faqatgina oʻzi taʼlim oladigan maktabi joylashgan hududdagi yoki Toshkent shahrida joylashgan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan tayanch maktabining biriga hujjat topshirishi mumkin.

Maʼlumot uchun, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan tayanch maktabining filiallari Respublikamizning barcha hududlarida bosqichma-bosqich tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Oʻtgan oʻquv yilida mazkur maktabning Nukus, Andijon, Samarqand shaharlarida filillari tashkil etilgan edi.

 


 

Toshkent viloyatining Chinoz tumanida tabiiy fanlar yoʻnalishi boʻyicha Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan tayanch maktabining tashkil etilgan filiali to‘g‘risida

MA’LUMOT

 

2025/2026-oʻquv yilida Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan tayanch maktabining Chinoz filialiga:

taʼlim oʻzbek tilida olib boriladigan 7-, 8-, 9-sinflariga oʻquvchilar belgilangan kvota doirasida oʻqishga qabul qilinadi.

Mazkur maktabda oʻqish istagida boʻlgan talabgorlar oʻzlari taʼlim oladigan maktabi joylashgan hudud (Toshkent viloyati) boʻyicha shu yilning 1-iyunidan 20-iyuniga qadar hujjatlarini faqat ONLAYN tarzda my.gov.uz hamda ariza.piima.uz saytlari orqali topshirishlari mumkin.

Toshkent shahrida joylashgan Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan tayanch maktabiga esa barcha hududlardagi maktab oʻquvchilari hujjat topshirishlari mumkin.

Shunga koʻra, talabgor oʻquvchi faqatgina oʻzi taʼlim oladigan maktabi joylashgan hududdagi yoki Toshkent shahrida joylashgan Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan tayanch maktabining biriga hujjat topshirishi mumkin.

Maʼlumot uchun, Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan tayanch maktabining filiallari Respublikamizning barcha hududlarida bosqichma-bosqich tashkil etilishi rejalashtirilgan.

 


 

Aniq va tabiiy fanlar yoʻnalishida hududlarda tashkil etilgan Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar to‘g‘risida

MA’LUMOT

 

Andijon viloyati bo‘yicha
Maktab nomi Aniq fanlar Tabiiy fanlar
Buloqboshi tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 5-, 6-, 7-,8-, 9- sinflariga 7-,8-, 9- sinflariga
Jalaquduq tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 5-, 6-, 7-,8-, 9- sinflariga -
Paxtaobod tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 5-, 6-, 7-,8-, 9- sinflariga -
Fargʻona viloyati bo‘yicha
Maktab nomi Aniq fanlar Tabiiy fanlar
Fargʻona shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabi - 7-,8-, 9- sinflariga
Quvasoy shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabi 5-, 6-, 7-,8-, 9- sinflariga -
Qashqadaryo viloyati bo‘yicha
Maktab nomi Aniq fanlar Tabiiy fanlar
Gʻuzor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 5-, 6-, 7-,8-, 9- sinflariga -
Samarqand viloyati bo‘yicha
Maktab nomi Aniq fanlar Tabiiy fanlar
Bulungʻur tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 5-, 6-, 7-,8-, 9- sinflariga -
Toshkent viloyati bo‘yicha
Maktab nomi Aniq fanlar Tabiiy fanlar
Yuqori Chirchiq tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 5-, 6-, 7-,8-, 9- sinflariga -
Xorazm viloyati bo‘yicha
Maktab nomi Aniq fanlar Tabiiy fanlar
Gurlan tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati 5-, 6-, 7-,8-, 9- sinflariga 7-,8-, 9- sinflariga
Urganch tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati 5-, 6-, 7-,8-, 9- sinflariga 7-,8-, 9- sinflariga
Bogʻot tuman 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati 5-, 6-, 7-,8-, 9- sinflariga 7-,8-, 9- sinflariga
oʻquvchilar belgilangan kvota doirasida oʻqishga qabul qilinadi.

Ushbu maktablarda oʻqish istagida boʻlgan talabgorlar shu yilning 1-iyunidan 20-iyuniga qadar hujjatlarini faqat ONLAYN tarzda my.gov.uz hamda ariza.piima.uz saytlari orqali topshirishlari mumkin.